“Yoshlar uchun ming kitob”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabardagi “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-380-son qarori asosida Milliy kutubxonaning 63-son buyrug'ini ijro etish maqsadida O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunga ko'ra:
Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi;
ikkinchi bosqichda esa aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tanlab olish uchun dastlabki ro‘yxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy ro‘yxat shakllantiriladi.
Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq davlat xaridlari talabgorlar o‘rtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Zomin tuman Yoshlar ittifoqi hamda Zomin TAKM bilan hamkorlikda Zomin tumani mahalla yoshlar yetakchilari boshchiligida mahallalarda “Mutolaa” , “Ibrat academy” loyihalari targ’iboti tashkil etildi. Kitobxonlar “Mutolaa” loyihasidan unumli foydalanishmoqda.