"Yoshlar kamoli-yurt iqboli " shiori ostida “Yangi O'zbekistonning kelajak yoshlari” mavzusida davra suhbati.
"Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”,
Shavkat Mirziyoyev
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi. Shu bois, mamlakatimizda eng katta eʼtibor mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor,shijoatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgandir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, joriy yilning 15 noyabr kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ishlari agentligi binosida joylashgan "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari o'rtasida "Yangi O'zbekistonning kelajak yoshlari" mavzusi yuzasidan yosh bo'lib o'z sohasida yutuqlarga erishgan yosh kadrlardan biri Zomin tuman Yoshlar ishlari agentligi mutaxassisi Omadbek Ergashev bilan davra suhbati òtkazildi. Davra suhbatida mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi, yosh avlodga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilayotganligi va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda rivojlantirilib, izchil islohotlar olib borilayotganligi haqida suhbat bo'ldi. Davra suhbatida kitobxonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.