"Yoshlar kamoli-yurt iqboli"
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
BМТ Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida, Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan "O'zbekiston-yoshlar mamlakati" mavzusi yuzasidan yosh bo'lib o'z sohasida yutuqlarga erishgan yosh kadrlardan biri Yoshlar ishlari agentligining mutaxassisi Shoxsanam Bosimova bilan davra suhbati òtkazildi. Davra suhbatida mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi, yosh avlodga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilayotganligi va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda rivojlantirilib, izchil islohotlar olib borilayotganligi haqida suhbat bo'ldi. Davra suhbatida kitobxonlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.