Yoshlar huquqlari kelajak avlodlar uchun
Mamlakatimizda inson hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati oliy qadriyat hisobladi. Aytish joizki inson huquqlari doirasida bir qator tadbirlar, ijodiy kechalar, turli uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Ana shunday mavzuda bugun Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 9225 harbiy qism kursantlari ishtirokida " Yoshlar huquqlari kelajak avlodlar uchun " shiori ostida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida kursandlarga huquqiy adabiyotlar, Prezident asarlari haqida tushunchalar berilib, huquqiy savodxonlik doirasida qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi.