“Yoshlar bilan ma’rifiy sayohat – bilim va taassurotlar uyg‘unligi”
“Yoshlar bilan ma’rifiy sayohat – bilim va taassurotlar uyg‘unligi”
Joriy yilning 24-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yoshlar ishtirokida ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat davomida ishtirokchilar diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishib, tarixiy va madaniy merosimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir jarayonida turli suhbatlar, savol-javoblar hamda kitobxonlikka oid tavsiyalar berilib, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi yanada mustahkamlandi.
Mazkur ma’rifiy sayohat yoshlar uchun unutilmas taassurotlar qoldirib, ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.