"Yosh kitobxon oila" tanlov.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ma'naviyatini yanada yuksaltirish boʻyicha keng islohotlar olib borilmoqda. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bogʻliq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob oʻqish masalasi yoshlar orasida keng targʻib qilinmoqda. Joriy yilning 16 iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Zomin tuman Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida, "Yosh kitobxon oila" tanlovining tuman bosqichiga o'tkazildi. Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida ma’naviyat va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh ijodkorlarni kashf etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlovda "Bog'ishamol" mahallasidan ishtirok etgan, Mamatqulovlar oilasi g'olib bo'lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.