"Yosh kitobxon oila"
Kitob - chinakam do'st , sirdosh , maslahatgo'y va zulmatni yorituvchi mayoqdir.
Kitob o'qigan inson teran fikrli , oq bilan qorani farqiga boruvchi , mulohazakor odam bòladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari 5ta muhim tashabbus doirasida turli yosh toifasidagi yigit-qizlar ishtirokida kitobxon ko'rik tanlovlar qizģin tarzda bo'lib o'tayabdi. Bugun tumanimizdagi "Taraqqiyot" MFY yiģinida ana shunday ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Zomin muman Axborot - kutubxona markazi xodimlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi , tuman "Sharq tongi" gazetasi ijodiy jamoasi vakillari hakam bo'lib har ikkala oila a'zolarini xolisona baholab bordilar. Bellashuvda Xudoyorovlar oilasi ģolib bo'lishdi. G'olib bo'lgan oilaga keyingi bosqichga yo'llanma , Toshkent shahriga oilaviy sayoxat ychun bepul yo'llanma hamda 20 dona badiiy adabiyotlar to'plami bilan taqdirlandilar.
https://telegra.ph/Yosh-kitobxon-oila-04-04