"Yosh kitobsevarlar"
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot -kutubxona markazining 15-maktabda joylashgan ko'chma kutubxona xodimlari I.Alibekova hamda To'rayeva Ziyodalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 14/1-1466 XFU topshirig'i hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2022-yil 24- iyundagi 83-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida "Yozgi ta'tilda yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, sportni ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleks rejasi" hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2022-yil 14- iyundagi 83-son buyrug'iga asosan, Joriy yilning 25-Iyul kuni yosh kitobxonlarga hamda to'garakga kelgan bolalarga kitob ko'rgazmasini tashkil etdi. To'garakdagi yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun bolajonlarga bir-biridan qiziqarli asarlar yaratgan yozuvchimiz Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" hamda ibratli ertaklar to'plamiga mansub "Ochko'z savdogar" sarlavhali kitoblar tarğiboti o'tkazildi.