Yil sarhisobi 2026 yil
Joriy yilning 6-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a’zolari Zomin tuman axborot-kutubxona markazlariga tashrif buyurib, xizmat rahbarlarining faoliyat bo‘yicha hisobotlarini qabul qildi.
Hisobotlarni o‘rganish jarayonida muassasalarning 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari batafsil tahlil qilinib, foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kutubxona fondining holati, raqamlashtirish ishlari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Muhokamalar davomida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.