Yil sarhisobi
Joriy yilning 6 fevral sanasida Jizzax viloyat Zomin tuman axborot - kutubxona markazida 2025-yil 27-yanvardagi 6-sonli buyrug'i ijrosini bajarish maqsadida axborot - kutubxona markazida ko'p uchraydigan asosiy xato va kamchiliklar o'rganib chiqildi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish tushuntirib o'tildi. Mavzuli bibliografik uslubiy qo'llanma ish normasida qilish tushuntirildi. Fondni saqlash meyorlariga moslashish tushuntirildi. Ijtimoiy tarmoqlarga ma'lumotlarni to'g'ri joylashtirish haqida tushunchalar berib o'tildi. Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati faoliyati bo'yicha xodimlar tomonidan belgilangan ish normasi bajarilishi tushuntirib o'tildi. Ish faoliyatida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklar bartaraf etish choralari aytib o'tildi