Yil sarhisobi 2022 yil.
Kitobsevar millat" shiori ostida III-Respublika "Kitobxonlik haftaligi"ning tantanali yopilish marosimi
Joriy yilning 14-aprel kuni Jizzax viloyatida «Kitobsevar millat» shiori ostida tashkil qilingan III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirining tantanali yopilish marosimi Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri binosida bo‘lib o‘tdi
Tadbirda G.Sharipova, Sayyora To’ychiyeva, Sug‘d viloyati O‘zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi I.Yusupov, yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Sharqnoma” jurnalining bosh muharriri, “Mehrnoma” kitobiga kiritilgan yozuvchi H.Zokirov so‘zga chiqib, hafta davomida hududlarda bo‘lib o‘tgan tadbirlar yuqori darajada tashkil qiliganligi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Iste’dodli san’atkor Muzaffar Ho‘jamberdiyev tomonidan jonli ijroda aytilgan qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir yakunida viloyat axborot-kutubxona markazi va tuman axborot-kutubxona markazlarida o'tkazilga tanlovlar goliblari hamda faol ishtirokchilar, hamkor tashkilotlar tashakkurnima va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Shu jumladan 2022 yilning viloyat tuman kutubxonalari faoliyati sarxisob qilinib reyting natijalar baxolash mezoni asosida xisoblanib "Yilning eng yaxshi axborot kutubxona markazi" deb
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi deb e'tirof etildi.
Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga 1 darajali diplom va 1000 dona kitob bilan taqdirlandi.
Sharof Rashidov nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori X.Qudratova “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etgan barcha hamkor tashkilotlarga, xususan, viloyat xokimligiga hamda poytaxtimizdan kelgan yozuvchi va shoirlarga o‘z minnatdorligini bildirdi.