"Yaylovda kezgan yilqilar"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan monumentalist rassom, O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov tavalludining 110-yilligi munosabati bilan “Chizgilarga ko‘chgan tuyg‘ular” mavzusida Chingiz Ahmarov ijodiga taqlid qilgan holda 12- Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari tomonidan "Yaylovda kezgan yilqilar" tasvini chizildi.
Mahorat tadbirda yirik mahobat uslubidagi rassom, portretchi-rassom, miniatyurachi-rassom, professor, yuzlab shogirdlar chiqargan ustozning hayoti, serqirra ijodi va o‘ziga xos iste’dodi haqida hamda uning o‘zbek rassomchiligida yaratgan “Ahmarov maktabi” haqida so‘z bordi. Mahorat tadbir so‘ngida mazkur portretlar yosh rassomlar tomonidan 12- Bolalar musiqa va san'at maktabi kutubxona fondiga hadya etildi.