"Yaxshi kitob yashash manbaidir".
Kitobxonlikni keng targ'ib qilish, aholini kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, maqsadida Zomin tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostidagi kutubxona" loyihasi asosida tuman Tibbiyot birlashmasida hamshiralar ishtirokida "Yaxshi kitob yashash manbaidir" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassisi S.Muxtorova tomonidan Odil Yoqubov "Tilla uzuk", Tohir Malikning "Jinoyatning uzun yo‘li" nomli kitoblariga sharh berilib, ushbu kitobni o`qishlik tafsiya qilindi. Shuningdek tibbiyot xodimlari va aholi kitobxonlar uchun kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar ko`rgazmasi ham tashkil qilindi.