"Yaxshi kitob - sifatli ta'lim asosi".
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yaxshi kitob - sifatli ta'lim asosi” mavzusida davra suhbati va “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” kitob-al'bomlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish buyicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan “Yaxshi kitob - sifatli ta'lim asosi” mavzusida davra suhbati hamda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” kitob-al'bomlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda loyihaning tarixi, mazkur kitob- al'bomlarning mazmun mohiyati, O‘zbekiston madaniy merosini tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi. Xalqimiz azaldan ilm o‘rganishga katta e'tibor berib kelgan, har bir tumanda 2-3 tadan madrasa bo‘lgan. Ajdodlarimizning savodli bo‘lganliklarini, bizning boy qo‘lyozma fondlarimiz isbotlaydi. Kuni kecha davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatida ham aynan millat, ta'lim, maktab tushunchalariga katta e'tibor qaratilganligini guvohi bo‘ldik”, - dedi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” turkumidagi kitob-al'bomlarning 50 jildi o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilganini va ular dunyoning yetakchi kutubxonalari javonlaridan joy olganligini aytib o‘tdi. “Bugun esa ular mamlakatimiz viloyat, shahar va tuman AKMlariga berilishini, bu to‘plam o‘z qiymati tufayli kitobxonlarimizning madaniy merosimizni o‘rganishga bo‘lgan talablarini qondirishga xizmat qilishiga ishonamiz. Zero, ma'rifat va ta'lim tinchlik va yaratuvchanlik garovidir”, - dedi U.Teshabayeva va aynan bugun taqdimoti o‘tkazilayotgan jildiga O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan joy olgan nodir qo‘lyozmalar kiritilganligini e'tirof etdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida ulkan ilmiy, madaniy, ma'naviy meros saqlanmoqda. Uning eng diqqatga sazovor namunalari ushbu nashrga kiritildi. Mazkur tadbir doirasida kutubxonalar, milliy madaniy markazlar, muzeylar va oliy o‘quv yurtlari vakillariga, madaniy merosimizni tadqiq etayotgan olim va tadqiqotchilarga “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” kitob-al'bomlarining yangi jildlari taqdim etildi.