"Yashamoq" kitobi taqdimoti
Joriy yilning 7-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida Yu Huvaning "Yashamoq" kitobi taqdimoti boʻlib o'tdi. Taqdimot davomida ishtirokchilarga "Yashamaq" kitobi yoritilib berilidi.
Yashamoq – xitoylik yozuvchi Yu Hua qalamiga mansub roman. Ushbu asar yozuvchining ikkinchi romani boʻlib, 1993-yilda nashr etilgan. Kitobda Xitoy madaniy inqilobidan avval katta meros va boylikka ega boʻlgan Fugui va uning oilasi misolida bir mamlakatning aholisi va ijtimoiy mavqei oʻzgarishi tasvirlangan.
Ishtirokchilar ushbu kitob borasida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Kitob taqdimotda 36 nafar kitobxon ishtirok etdi.