"Yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi 75-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi ,ma'rifatparvar olim, yozuvchi publisist Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi" nomli bahs munozara tadbir tashkil qilindi.Tadbirda adibning oilaviy hayoti, faoliyati, ijodi va asarlari haqida ma'lumot berilib, adibning tanlangan asarlarining mazmuni so'zlab berildi. Shu bilan birga oʻquvchilar Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan qiziqarli savollarga javob berishdi.