Yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi
Tadbirlar_Behbudiy 2025
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "IDEAL" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi ,ma'rifatparvar olim, yozuvchi va publisist Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi" nomli bahs munozara kechasi tashkil qilindi.Tadbirda adibning oilaviy hayoti, faoliyati, ijodi va asarlari haqida ma'lumot berilib, adibning tanlangan asarlar kitobidan Badiiy asarlar, Sayohat xotiralari maqolalarining mazmuni so'zlab berildi.Shu bilan birga oʻquvchilar qiziqarli savollarga javob berishdi hamda Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan krassvordlar yechishdi. Faol ishtirok etgan oʻquvchilar tadbir soʻngida ragʻbatlantirildi.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/13897