"Yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi ,ma'rifatparvar olim, yozuvchi va publisist Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan "Yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi" mavzusida bahs munozara kechasi tashkil qilindi.Tadbirda adibning oilaviy hayoti, faoliyati, ijodi va asarlari haqida ma'lumot berilib, adibning tanlangan asarlari hamda, Sayohat xotiralari maqolalarining mazmuni so'zlab berildi.Shu bilan birga oʻquvchilar qiziqarli savollarga javob berishdi hamda Behbudiy hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan krassvordlar yechishdi. Faol ishtirok etgan oʻquvchilar tadbir soʻngida ragʻbatlantirildi.Bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu tadbirda 20 nafar o'quvchi ishtirok etdi