"Yangi Òzbekistonga xush kelding-Navròz!"
Shukuhli kunlarda yurtimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Serquyosh diyorimizning barcha joylarida bo‘lganidek Zomin tumani Axborot -kutubxonamizda ham Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan kutib olinmoqda. Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab kòchma kutubxona hamda 15-maktab bilan hamkorlikda “Yangi Òzbekistonga xush kelding-Navro‘z” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tanishtiruv, karvin san'ati, qòl mehnati kabi shartlar asosida bellashdilar. G'oliblarga hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovģalari taqdim etildi. Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan bu kabi bayramlarning mamlakatimizda keng nishonlanishi elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik va millatlaro ahillik hukm surishiga xizmat qiladi.
https://telegra.ph/Yangi-%C3%92zbekistonga-xush-kelding-Navr%C3%B2z-03-13-2