Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg’ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o’z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadilar. Ko’zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg’och kabidir.
1-iyun ya’ni, yozning 1- kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli konsertlar, ko’rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari va turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Istirohat bog’lari esa bolalarning tabassumlari bilan go’yoki mo’jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi.
Joriy yilning 1-iyun kuni Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” mavzusida kitob ko'rgazma hamda adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Tadbirda bog'cha bollari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiq va she’rlari bayramga o’zgacha fayz bag’ishladi. Kun davomida bolalar va o’smirlar sport maktabi o’quvchilarining chiqishlari hamda sportning shaxmat, shashka, stol tennisi turidan yoshlar o’rtasida musobaqalar bo’lib o’tdi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi rahbari Anvarova Nargiza Odiljonovna tomonidan yosh kitobxonlarga har xil sovg’alar taqdim etildi.
https://telegra.ph/Yangi-Ozbekistonning-baxtiyor-bolalari-06-03