YANGI O'ZBEKISTONDA-YANGI YIL SHUKUHI
Joriy yilning 25-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari, "Manaviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi, 12-son Bolalar musiqa va san’at maktabi, “Temuriylar izdoshi” nodavlat harbiy ta’lim maktabi bilan hamkorlikda Yangi yil munosabati bilan “Yangi yil sarguzashtlari " nomli musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda qiziqarli o'yinlar, shartlar, raqslar she'r va kuy qo'shiqlar bo'lib o'tdi.Tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilarga estalik sovg'alari topshirildi.Tadbir bahs munozaraga boy bo'lib 175 nafar aholi va o’quvchilar qamrab olindi.