"Yangi O'zbekiston yoshlarini mutolaaga chorlaymiz"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi "INFOLIB O'ZBEKISTON-2022" XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va "Yangi O'zbekistonning intellektual salohiyati-yoshlar qo'lida!" II Yosh kutubxonachilar forumi doirasida "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolari va ko'chma kutubxona bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston yoshlarini mutolaaga chorlaymiz" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati Zomin Axborot-kutubxona markazi xodimlari X.Mirzayeva, F.Sattorovalar ayni paytda axborot-kommunikatsiya sohasidagi ohirgi yutuqlarni o'zlashtirish bilan birga, yoshlarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozimligi, buning uchun avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ'ib qilishga e'tibor berishimiz lozimligini ta'kidlab o'tdi.
https://telegra.ph/Yangi-Ozbekiston-yoshlarini-mutoalaaga-chorlaymiz-10-31