"Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida Yoshlar festivali.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yil 30-iyun kuni tashkil etilgan edi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga koʻtarish, yoshlar hayoti, ularning kelajagi uchun yangi sahifa ochilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Eʼtiborlisi, 30-iyun Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Yoshlar kuni etib belgilandi. 30- iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati Zomin tumanida Yoshlar festivali bo'lib o'tdi. Festival erta tongdan turli yosh toifasidagi atletlarning marafon musobaqasi bilan boshlandi. Marafon musobaqalarida katta yoshlilar ham bahslarda faol ishtirok etdilar. Shu jumladan Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi kitob ko'rgazmasi, qiziqarli viktorina, zakovat o'yinlari va ertak qahramonlari obrazini yaratib festivalda faol ishtirok etishdi.
https://telegra.ph/Yangi-Ozbekiston-yoshlari-birlashaylik-shiori-ostida-Yoshlar-festivali-06-27