"Yangi hayot uchun, Yangi Òzbekiston uchun"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini nishonlash borasida "Yangi hayot uchun, Yangi Òzbekiston uchun" ģoyasi ostida òtkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida kitob kòrgazmasi tashkil qilindi.
Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 32 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.
Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
https://telegra.ph/Yangi-hayot-uchun-Yangi-%C3%92zbekiston-uchun-08-25