"Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun"
2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining yig‘ilishida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 17 yanvar kuni Yoshlar markazi binosida tashkil qilingan "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun" shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy, musiqiy tadbiri bo'lib o'tdi. Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari òzlarining kitob kòrgazmalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari G'.Saydullayev, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi, tuman Kengashi deputati, tuman Ma'rifat targ'ibotchilari jamiyati a'zosi R.Mamatqulov, hamda Zomin tumandagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qism kapitani O'.Sattorov tomonidan Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar e’tirof etildi.
https://telegra.ph/Yangi-hayot-uchun-Yangi-Ozbekiston-uchun-01-18