Xotira va qadrlash kuni
Har yili 9-may sanasi yurtimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana — yurtdoshlarimizga, ayniqsa yosh avlodga Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning mardligi, jasorati va fidoyiligi haqida eslatib turadi. Shu munosabat bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qatorida sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Xususan, aholi va yosh kitobxonlar o‘rtasida o‘tkazilganshaxmat turniri bayramga alohida ruh bag‘ishladi. Turnirda barcha jamoalar faol ishtirok etdi. Bahslar shiddatli, lekin sportga xos halollik va do‘stona muhitda kechdi. Kitobxonlar jamoaviylik, mashaqqatga bardoshlilik va maqsad sari intilish kabi fazilatlarni namoyon qilishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur sport tadbiri yosh avlod qalbida sog‘lom turmush tarziga intilish, jamoaviylik tuyg‘usini mustahkamlash, eng asosiysi, tariximizga, ajdodlarimiz jasoratiga bo‘lgan hurmatni yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.