Xotira turniri.
9-may – Xotira va qadrlash kuni. O‘tganlarni xotirlash, yon atrofimizda biz bilan bir havodan nafas olib kelayotgan yoshi ulug‘larimizni qadrlash xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurt tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar esa shubhasiz hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlar, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, front ortida sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, mana shunday dorulomon kunlargacha yetib kelganlariga esa g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi. 9-may xotira turniri munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Abu Ali ibn Sino jamoat texnikumi ishchi hodimlari bilan birgalikda salomatlikni asrash va mustahkamlashning yagona yo‘li bu – sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida sport turini volebol musoboqasini o'tkazdi. Sog‘lom turmush tarzi esa insonning hayoti, salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayot faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hisoblanadi. Salomatlikni asrash va mustahkamlashning yagona yo‘li bu – sog‘lom turmush tarziga amal qilishdir. Sog‘lom turmush tarzi esa insonning hayoti, salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayot faoliyatini yo‘lga qo‘yishi hisoblanadi.
Tadbir yakunida Zomin TAKM va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan g‘olib va sovrindorlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.