“Xotira – millat faxri” mavzusida ma’naviy tadbir
“Xotira – millat faxri” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 8-may sanasida Zomin tumanidagi 2-son “Shodlik” maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xotira va qadrlash – insoniylikning yuksak namunasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yosh avlodga tinchlikning qadr-qimmati, yurt ravnaqi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati haqida tushunchalar berildi. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda Vatanga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Mazkur tadbir bolajonlarning qalbida Vatanga sadoqat, tinchlikka mehr va kattalarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.