"Xotira - abadiy, qadr muqaddas".
Bugun yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi.
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
Shu munosabat bilan Jizzax viloyat Zomin tumani Axborot - kutubxona markazi jamoasi 9-may Xotira va qadrlash kuni hamda G'alabaning 78 yilligi munosabati bilan "Xotira - abadiy, qadr muqaddas" mavzusidagi tadbirda faol qatnashishdi.
Zomin tumanida 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Tadbirda tuman hokimi A.Abdug‘aniev, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot, korxona, muassasa xodimlari, yoshlar, nuroniy otaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.