"Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida"
#Gender_tenglik_asosiy_inson_huquqlaridan_biri
Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari oʻrtasida 2025-yil 24-sentabr kuni "Xon atlas" haftaligi doirasida "Gender tenglik-asosiy inson huquqlaridan biri" mavzusida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida"gi qonun haqida, yurtimizda Gender tenglik boʻyicha komissiyaning ish faoliyati toʻgʻrisida, shu bilan bir qatorda, qabul qilingan qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi va shu kabi bir qancha mavzuga oid muammolar haqida gapirib oʻtildi.