"Xon atlas" haftaligi. Davra suhbati.
Atlas va adras
“Atlas” so’zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma`noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi, shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari "Xon stlas" haftaligi hamda 9 aprel – Nafaqat milliy tarixda, balki butun insoniyat tarixida ulkan o’rin tutgan buyuk davlat arbobi va sarkarda sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun munosabati bilan axborot-kutubxona markazi rahbari Nargiza Odiljonovna hodimlari o'rtasida davra suhbatini o'tkazdi. Davra suhbatida Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining tadbirlari katta xursandchilik bilan o’tkazilmoqda. Davra suhbatida kutubxona hodimlarini qiziqtirgan o'zbegim xon atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a`lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb atalishi, Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulari hamda Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalganligi haqida ma'lumotlarni berib o'tdilar. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bolib o'tdi.