"Xon atlas" haftaligi
Jonajon Vatanimiz boʻylab keng nishonlanayotgan “Xon atlas” haftaligiga bag'ishlab Zomin tuman axborot-kutubxona markazida ham kutubxonaga sayohat, kitob ko'rgazmasini koʻtaringki kayfiyatda, bayramona ruhda o’tkazilmoqda. Qadimda o‘zbek xalqinini milliy matolari — atlas va adraslar ko‘rkamligi hamda sifati bilan butun sharqu-g‘arbda mashhur bo‘lgan. Afsuski, XIX asr oxir XX asrga kelib mamlakatdagi siyosiy tuzum tufayli mazkur an’ana unutib yuborildi. Shukurki, mana keyingi yillarda ko‘pgina milliy hunarmandchilik yo‘nalishlarimiz yana qayta tiklanganiday, atlas va adras to‘qimachiligi san’ati ham yana ravnaq topa boshlandi. Haftalik doirasida kutubxona xodimlari tomonidan kitobxonlarga milliy libosda xizmat ko’rsatildi, milliylikni aks ettiruvchi turli yo’nalishlarda davra suhbatlari tashkil etildi.