"Xon atlas" haftaligi
Joriy yilning 9-sentyabr kuni yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan “Xon atlas” haftaligi Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazida ham yuqori kayfiyatda, bayramona ruhda o’tkazilmoqda. Haqiqatan ham, milliy liboslar xalqning asriy anʼanalarini tarannum etgan muhim vosita hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom maʼnoda milliy matolarimizda oʻz ifodasini topib kelayotgani bilan yanada qadrli va ahamiyatlidir. Haftalik doirasida kutubxona xodimlari tomonidan kitobxonlarga milliy libosda xizmat ko’rsatildi, milliylikni aks ettiruvchi turli yo’nalishlarda davra suhbatlari tashkil etildi.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/9877?single