"Xon atlas" haftaligi.
Atlas va adras
“Atlas” so’zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma`noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi, shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Atlasning tabiiy ipakdan to‘qilgan eng a`lo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilish hamda to‘qilish usulidadir. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda ko‘plab atlas to‘quvchi kosiblar bo‘lishgan. O’zbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uyg’unlashib, matoda yaxlit go’zal bir naqshni hosil qiladi. Joriy yilning 9-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari Mustaqillik hiyobonida "Xon atlas" haftaligi doirasida o'z kitob ko'rgasmasini tashkil qildi. Kitob ko'rgazmada yosh kitobxonlarni kitobga bo'lgan mehrini oshirib, uiarni kutubxonaga kitobxon daftariga ism familiyasi qayt etildi. Bugungi kunda milliy matolarimizni to‘qish san`ati jadal rivojlanib bormoqda.Ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimovning 2010-yil 30-martda qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san`atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ushbu soha taraqqiyotida muhim omil bo‘lmoqda. Bundan tashqari atlas va adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda ko‘plab liboslar yaratilmoqda. Siz bu kabi liboslarning turfa xillarini bugungi kunda uchratishingiz mumkin.