"Xon atlas" festivali.
Oʻzbekston Respublikasi kambag'allikni qisqartirish va Bandlik vazirligi huzuridagi oila va xotin-qizlar Qo'mitasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 02-01/1274 hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasinig 2023-yil 12-sentyabrdagi 02-12/1182- sonli xatiga asosan joriy yilning 28-sentyabr kuni Respublikamizning barcha hududlarida shuningdek Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Yoshlar ittifoqi binosida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Xon atlas" festivali loyihasi o'tkazilmoqda. Mazkur festivalda Zomin tumanida joylashgan 2-"Shodlik"nomli DMTT hamkorligida milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an‘analari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida "Xon atlas" festivalda 2-"Shodlik"nomli DMTT tarbiyalanuvchilari o'z chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi. Festivalda axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ajoyib kuy-qo'shiq va raqslar festival ishtirokchilariga o'zgacha bayram kayfiyati bag'ishladi. Festival ishtirokchilariga Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'lari taqdim etildi.