Xalqaro hamkorlik doirasida tashrif
Xalqaro hamkorlik doirasida tashrif
Bugun Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidagi Farab ilmiy universal kutubxonasi vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi.
Tashrif doirasida mehmonlar tongda Sharof Rashidov haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, viloyat va tuman axborot-kutubxona markazlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari faol qatnashdi.
Uchrashuv ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, kutubxonachilik sohasida tajriba almashish hamda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.