"Xalq og'zaki ijodidan na'munalar" kitob ko'rgazma.
2024-yil 28-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o`quv zalida fondlarni saqlash, butlash va ularga ishlov berish bo'limi tomonidan "Xalq og'zaki ijodidan na'munalar" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitob ko'rgazmada kitobxon yoshlar mutolaaning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri, hayotiy muammolarga echim topishdagi yordami haqida ma'lumotlar berildi. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. Bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Shu tariqa kitob o‘qigan inson nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki bilimini ham orttiradi. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi. Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. Bu esa sizni yanada jur’atli qiladi.
https://telegra.ph/Xalq-ogzaki-ijodidan-namunalar-kitob-korgazma-02-28