"Viktorina"
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 sentabr kungi 198-sonli farmoyishi asosida Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Kasbiy tayyorgarlik" oyligi o'tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Zomin tumani IIB xodimlari hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi, O'zbekiston Zomin tuman Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "Viktorina" savol-javob o'yini tashkil etildi. "Viktorina" savol-javob o'yinida ichki ishlar xodimlari sohalariga oid savollar berildi, ichki ishlar organlari xodimlar juda faol qatnashishdi. Faol qatnashishgan xodimlar tashakkurnoma hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.