"Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" "Yosh kitobxon"
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" shiori ostida "Vatanparvarlik oyligi"ni o'tkazish to'g'risidagi 174-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax viloyati Zomin tuman IIB xodimlari o‘rtasida Yoshlar ittifoqi binosida joylashgan Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ichki ishlar organlari xodimlariga ajratilgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy kitoblar asosida tashkil etildi. Tadbirdan maqsad-yoshlarimizni o'zligini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash,ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, ular o'rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish. Tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, ko‘rik-tanlov g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlandi.
https://telegra.ph/Vatanga-va-xalqqa-sadoqat-bilan-xizmat-qilish-oliy-burchimiz-Yosh-kitobxon-08-10