"Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!"
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-avgust kunidagi Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" shiori ostida "Vatanparvarlik oyligi"ni o'tkazish to'g'risidagi 174-son farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida, Jizzax viloyati Zomin tuman IIB xodimlari hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirokida kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazmadan maqsad: aholini, ayniqsa yoshlarni axborot-kutubxona muassasalariga keng jalb qilish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning mediasavodxonligi va axborot madaniyatini shakllantirishdir. IIB boshqarmasi hamda Zomin Axborot-kutubxona markazi tomonidan tavallud ayyomi bo'lgan IIB hodimlari J.Shamanov, U.Abdurahmonov, D.Karimovlarga badiiy kitoblar sovg'a qilindi. Kitob ko'rgazmasi ko'tarinki ruhda o'tdi.
https://telegra.ph/Vatanga-va-xalqqa-sadoqat-bilan-xizmat-qilish-oliy-burchimiz-08-15