"Vatan uchun yashaylik!"
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Jizzax viloyati bo'limining "31 yillikka 31 loyiha" ma'naviy- ma'rifiy tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 25-avgust kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorlikda "Vatan uchun yashaylik!" shiori ostida musiqiy kecha tashkil etildi. Kechani O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o'quv markazi tarbiyaviy-psixolog bo'linmasi boshlig'i Farmonov Akmal Ortiqboyevich ochib berdi. Kechada "Zomin Kinder Garden" NMTT tarbiyachisi N.Mamatovaning maktabga tayyorlov guruhi bolajonlari go'zal raqs va Vatanni madh etuvchi she'rlarini ijro etishib, kechada yig'ilganlar olqishiga sazovor bo'lishdi. Kitob ko'rgazmasi ham tashkil qilindi. Kechada mustaqillikni, hurlikni tarannum etuvchi she'rlar, musiqalar yig'ilganlar qalbida Vatanimizga bo'lgan muhabbatni yanada yuksaltirdi.