“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida tadbir
#Zomin_tumani
Zominda “Inson qadri” loyihasi va yangi Peshog‘or mahalla binosining ochilishi
Zomin tumani Peshog‘or mahalla fuqarolar yig‘inida, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida “Inson qadri” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ustoz-shogird uchrashuvlari va turli madaniy dasturlar o‘tkazilib, mahalla aholisi, yoshlar va nuroniylar o‘rtasida milliy qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi suhbatlar tashkil etildi.
Shu kuni Peshog‘or mahallasida yana bir muhim voqea ro‘y berdi – yangi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 130 nusxadagi yangi adabiyotlardan iborat kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va ko'rgazma bilan 300 nafardan ortiq kitobxonlar tanishdi.