"VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN" shiori ostida "Kitob ovozsiz muallimdir" nomli tadbir.
#Zomin_tumani
"VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN" shiori ostida "Kitob ovozsiz muallimdir" nomli tadbir.
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 9225 harbiy qism hamkorligida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kitoblar ovozsiz muallimdir” nomli madaniy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastur doirasida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi, badiiy chiqishlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Ishtirokchilar yurakka yaqin she’rlar, qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar orqali Vatanga bo‘lgan sadoqat, faxr va iftixor tuyg‘ularini ifoda etdilar.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, mustaqillik ne’matlariga hurmat va tinchlikka sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadbir yakunida tumanimizning kechasi va bugunini aks ettirgan videorolik namoyish etildi.