“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kitob marafoni” ma'daniy-ma’rifiy tadbir
#mustaqillik_bayrami
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi "Gulshan" mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kitob marafoni” ma'daniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Zomin tumani hokimligi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi, RMMM Zomin tuman bo’linmasi, Zomin MMTB, Tuman axborot-kutubxona markazi, hamda yoshlar katta qiziqish bilan faol ishtirok etishdi.
Mahalla aholisi, yoshlar va bolajonlar yurakka yaqin chiqishlar bilan Vatanga bo‘lgan sadoqat, fahr va iftixorni ifoda etdilar.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, mustaqillik ne’matlariga hurmat va tinchlikka sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zomin tuman axborot- kutubxona markazi tomonidan 300 nusxadagi yangi badiiy adabiyotlardan iborat kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va ko'rgazma bilan 347 nafardan ortiq kitobxonlar tanishdi.