Vatan qalbimizda-himoya burchimizda
Joriy yilning 15-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Zomin tuman muzeyi hodimlari bilan hamkorlikda "Qo‘rg‘on" MFYda istiqomad qiluvchi aholi va kitobxonlarga "Vatan qalbimizda-himoya burchimizda" mavzusida ijodiy uchrashuv uyushtirildi. Tadbir davomida xodimlar tomonidan Xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o'rniga ega bo'lib borayotgan Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini va yurtimiz ravnaqi yo'lida jon fido qilgan buyuk ajdodlarimiz nomi yodga olinib, ishtirokchilarga qiziqarli ma'lumotlar berilb o‘tildi. Ishtirokchilar ham o‘z fikr mulohazalarni bayon etib, yurt o‘g‘lonlari bayrami bilam qutladilar.