"Uzilgan bir kiprik abad yo'qolmas"
O‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi. Shoir 1930—1935 yillarda «Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlari, xususan, biz ko‘p yillar jamoalashtirish mavzuidagi yirik asar deb maqtab kelgan «Ko‘kan» dostoni hozirgi davr talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, unda boshdan-oyoq maqtalgan jamoalashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm-fojealarga ham sabab bo‘lganligi bor bo‘yicha realistik ifodalanmagan.
Joriy yilning Zomin tuman-axborot kutbuxona markazi va Abu ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi "Tafakkur gulshani" kitobxon klubi a'zolari ishtirokida O'zbekiston xalq shoiri Gafur G'ulom tavalludining 120 yilligiga bag'ishlab "Uzilgan bir kiprik adab yo'qolmas" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati qiziqarli bo'lib kitobxon klubi a'zolari adibning asar va sh'erlarini ham muhokama qilishdi.