"Ustozlar va murabbiylar"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga qarashli 15- umumta'lim maktabida joylashgan ko'chma kutubxona hamda 15 -maktab bilan hamkorlikda 30-sentyabr kuni 1-oktabr "Ustozlar va murabbiylar" kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni maktab direktori ochib berdi, o'z so'zlarida maktabda faoliyat yuritayotgan barcha ustozlarni tabrikladi va maktab o'quvchilariga ham o'qishlarida zafarlar tilab o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan ustozlarga atab she'rlar, qo'shiqlar ijro etildi. Tadbirda faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan o'qituvchilarga estalik sovg'alari topshirildi.