Uslubiy va amaliy yordam koʻrsatildi .
#Uslubiy_va_amaliy_yordam
Zomin tuman axborot- kutubxona markazi tomonidan tumandagi kutubxonalar faoliyatini qoʻllab quvvatlash, ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida muntazam ravishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatib borilmoqda.
2025-yil 25-sentyabr kuni Zomin tuman Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi axborot-resurs markaziga Uslubiy va amaliy yordam koʻrsatildi .
Amaliy yordam jarayonida kitoblarni javonlarga joylashtirilishi, inventar daftarini toʻgʻri yozilishi, kitobxon formulyarini yuritish tartibi, kitoblarga texnik ishlov berish tartibi haqida tushunchalar berildi hamda kitobxonlarni kutubxonaga jalb etish usullari haqida fikrlar almashinildi.