Uslubiy va amaliy metod almashish
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassi X. Mirzayeva Respublika ma'naviyat va marifat markazi Zomin tuman bo'linmasi mutaxassisi D. Artikova bilan uslubiy va amaliy metod almashildi. Jarayonda har ikkala tomon o'zlari tomonidan olib borilayotgan me'yoriy hujjatlarning yuritilish tartibi haqida atroflicha fikr almashildi. Unga ko'ra og‘zaki, yozma ravishda kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, katalog va kartotekalarni yuritishda, kutubxona fondini to‘ldirish va hisobga olish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish va boshqalar haqida fikr va mulohazalar tinglandi.