Uslubiy va amaliy metod almashish
Zomin tumanida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi tehnikumi kutubxona hodimlari Gadayeva G va N. Bo'tayevalar Axborot-resurs markaziga uslubiy va amaliy metod almashish uchun tashrif buyurishdi. Jarayonda har ikkala tomon o'zlari tomonidan olib borilayotgan me'yoriy hujjatlarning yuritilish tartibi haqida atroflicha fikr almashildi. Unga ko'ra og‘zaki, yozma ravishda kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, katalog va kartotekalarni yuritishda, kutubxona fondini to‘ldirish va hisobga olish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish va boshqalar haqida fikr va mulohazalar tinglandi. Kelgusi yillarda ham hamkorlikda faoliyat yuritish kelishib olindi.